Mavzular

GLOSSARIY

Termin

So‘zning sharhi

Axborot texnologiyalari

Bu odamlarning bilimlarini rivojlantiradigan, ularning texnika va ijtimoiy jarayonlarni boshqarish bo‘yicha imkoniyatlarini kengaytiradigan ma’lumotlarni tashkil etish, saqlash, ishlab chiqish, tiklash, uzatish usullari va texnik vositalaridir

Sun’iy intelekt

Informatikaning alohida sohasi bo‘lib, odatda inson ongi bilan bog‘liq imkoniyatlar: tilni tushunish, o‘rgatish, muhokama qilish, masalani yechish, tarjima va shu kabi imkoniyatlarga ega kompyuter tizimlarini yaratish bilan shug‘ullanadi.

Google Classroom

Google Apps ta’lim foydalanuvchilariga qo‘shilishi mumkin bo‘lgan maktablar uchun mo‘ljallangan o‘quv xonasi. Google ta’lim muassasalariga Google Apps bepul nashrini taqdim etadi va Google Classroom o‘quvchilarni va o‘qituvchilar uchun Google ilovalarini aloqa to‘plamiga aylantirish orqali o‘rnatishni qo‘llaydi.

Elektron pochta

xabarlarni to‘plash, ishlab chiqish va taqdim etish hamda ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari tizimidir.

Тelekonferensiya

Ikki va undan ortiq guruh qatnashchilarining o‘zaro muloqotini tashkil etish uchun elektron aloqa kanallaridan foydalanish jarayonidir.

Amaliy dastur

Bu istalgan aniq bir dastur bo‘lib, u qandaydir muammoli sohasi doirasiga oid masalalarni yechishgan mo‘ljallangan bo‘ladi

Amaliy dasturlar paketi

Odatda maxsus tizimlar asosida quriladi va u keyin ham aniq yo‘nalishlarda rivojlanadi. Ular hisoblash vositalarining dasturli ta’minlanishida alohida yetkazib beriladi,.

AutoPlay dasturi

O‘quv ko‘rgazmalarini yaratuvchi dastur. Ko‘plab funksiyalar to‘plami mavjud. Ko‘plab visual anjomlarga ega.

Microsoft Word dasturi

Matn muharrirlaridan biri bo‘lib, uning yordamida mukammal hujjatlar va ilovalar yaratishimiz mumkin. Hujjat yaratish va uni yetarlicha samarali qilish imkonini beradi

Microsoft Excel dasturi

Yаcheykalarga ma’lumotlarni kiritish usullari, ular ustida har xil arifmetik va mantiqiy amallar bajarish, ma’lumotlarni saralash va tahrirlash.

PowerPoint dasturi

Prezentasion (taqdimot) grafikli dasturlar qatoriga kiradi, o‘zida matnlar, rasmlar, sxemalar, grafiklar, animasiya effektlari, ovoz videokliplardan iborat bo‘lgan slaydlar hosil qilish imkonini beradi.

Pedagogik dasturiy vositalar

Kompyuter texnologiyalari yordamida o‘quv jaraѐnini qisman yoki to‘liq avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan didaktik vosita hisoblanadi.

Publisher dasturi

Nashrdan yoki bosmadan chiqarish uchun turli ko‘rinishdagi e’lonlar, bukletlar, taqvimlar, konvertlar, taklifnomalarni elektron shaklda tayyorlash dasturiy mahsuli hisoblanadi.

Taqdimot

Bu slaydlar va maxsus effektlar to‘plami bo‘lib, tayyor material, doklad yoki konspekt shaklida bitta Файлda saqlanadi va uni ekranda namoyish qilinadi.

Animasiya

Bu slaydlarni namoyish qilish va ko‘rsatishda ularni samaradorligini oshiruvchi tovush, rang, matn va harakatlanuvchi effektlar yig‘indisidan iborat.

Axborot tizimi

Belgilangan maqsadga erishish yulida axborotni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish uchun qo‘llaniladigan usullar, vositalar va shaxslarning o‘zaro bog‘langan majmuasidir.

Zoom

Video konferentsiya, onlayn uchrashuvlar, suhbat va mobil hamkorlikni birlashtiradigan aloqa dasturi.

G Suite (Hangouts)

Har qanday kompaniya, biznes sohasi va odamlar guruhlari uchun Google tomonidan taqdim etilgan professional biznes ilovalari to‘plami.

Webinar

onlayn uchrashuvlarni o‘tkazadigan Web-konferentsiyaning bir turi yokireal vaqtda Internet orqali taqdimotlar.

Infografika

(lotin. Informatio – xabardor qilish, aniqlik kiritish, ta’riflash) – bu murakkab va katta hajmdagi ma’lumotlarni tez va aniq taqdim qilishga mo‘ljallangan ma’lumotlarning grafik interpretatsiyasi (shakli), “ma’lumot beruvchi grafik dizayn” hisoblanadi.

Mind Map dasturi

Bu juda mashhur narsa va uni yaratish uchun ko‘plab dasturlar yaratilgan. Aqliy xaritangizni yaratishingiz mumkin bo‘lgan bepul dasturdir

Edraw Max dasturi

Dasturida nafaqat tashkiliy sxemalar, tarmoq diagrammalari, blok-sxemalarni, balki UML diagrammalarni, tarmoq diagrammalarini, maʼlumotlar bazasi diagrammalarini, dastur strukturalarini, reja diagrammalari hamda ish jarayonlarini yaratish imkoniyati mavjud.

Web portal

Web portal (inglizcha “portal” – darvoza so‘zidan olingan) - bu Internet foydalanuvchisiga turli interaktiv xizmatlarni (pochta, izlash, уаngiliklar, forumlar va h.k) ko‘rsatuvchi yirik Web-sayt

Web-sayt

Inglizcha “site” (tarjimasi joy, joylashish) so‘zining o‘zbekcha talaffuzi. Umumjaxon o‘rgimchak to‘ri ma’lum axborotni topish mumkin bo‘lgan va noyob URL manzillar bilan belgilangan virtual joy

Web-sahifa

Biror voqelik, hodisa yoki ob`yekt to‘g‘risida ma’lumotlarni o‘zida jamlagan ma’lumotlar fayldir.