Amaliy Ishlar

6-amaliy mashg‘ulot: Internet ta’lim resurslari va ulardan tarix fanini o‘qitish jarayonida foydalanish.

REJA:

  1. Web sahifa tushunchasi va shakli, Web sayt tushunchasi va shakli, web portal tushunchasi.

  2. Internet resurslari va ulardan foydalanish usullari

Amaliy mashg‘ulot maqsadi: Tinglovchilarning internet tarmog‘i, uning imkoniyatlari va internet ta’lim resurslaridan o‘quv jarayonida foydalanish bo‘yicha ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish.

Web-sahifa tushunchasi va shakli. Internet manzili (URL) bilan bir xil ma`noda belgilanuvchi mantiqiy birlik. U Web-saytning tarkibiy qismidir. Web sahifa biror voqelik, xodisa yoki ob’yekt to‘g‘risida ma’lumotlarni o‘zida jamlagan ma’lumotlar Файлidir. Web serverlar bazasi Web saytlardan iborat bo‘lsa, Web saytlar esa o‘z navbatida sahifalardan iborat bo‘ladi. Fizik nuqtai nazardan u HTML turidagi Файлdir. Web sahifalar matn, tasvirlar, animasiya va dastur kodlari va boshqa elementlardan iborat bo‘lishi mumkin. Sahifa statik va dinamik shakllantirilgan bo‘lishi mumkin. Freymlardan (qismlar) iborat sahifalarda har bir freymga alohida sahifa mos keladi.

Web-sayt tushunchasi va shakli. Inglizcha “site” (tarjimasi joy, joylashish) so‘zining o‘zbekcha talaffuzi. Umumjaxon o‘rgimchak to‘ri ma’lum axborotni topish mumkin bo‘lgan va noyob URL manzillar bilan belgilangan virtual joy. Mazkur manzil Web-saytning bosh sahifasi manzilini ko‘rsatadi. O‘z navbatida, bosh sahifada Web-saytning boshqa sahifalari yoki boshqa saytlarga murojaatlari mavjud bo‘ladi. Web-sayt sahifalari HTML, ASP, PHP, JSP, texnologiyalari yordamida yaratilib, matn, grafik, dastur kodi va boshqa ma’lumotlardan tashkil topgan bo‘lishi mumkin. Web-saytni ochish uchun brouzer dasturidan foydalanib uning manzil maydoniga kerakli Web saytning manzili kiritiladi. Web-sayt shaxsiy, tijorat, axborot va boshqa ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin.

Web portal tushunchasi. Web portal (inglizcha “portal” – darvoza so‘zidan olingan) - bu Internet foydalanuvchisiga turli interaktiv xizmatlarni (pochta, izlash, уаngiliklar, forumlar va x.k) ko‘rsatuvchi yirik Web-sayt. Portallar gorizontal (ko‘p mavzularni qamrovchi) va vertikal (ma’lum mavzuga bag‘ishlangan, masalan avtomobil portali, уаngiliklar portali), xalqaro va mintaqaviy (masalan uznet yoki runetga tegishli bo‘lgan), shuningdek ommaviy va korporativ bo‘lishi mumkin.

Web saytlarning toifalari va vazifalari. Web saytlarning asosiy vazifasi shundan iboratki, ular biror faoliyat, voqea va xodisa yoki biror shaxsning Internetdagi imidjini yaratadi. Internet tarmog‘ida mavjud bo‘lgan saytlarni bir necha xil toifalarga ajratish mumkin:

  • Ta’lim saytlari. Bu turdagi saytlarga ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va masofaviy ta’lim saytlari kiradi, masalan: edu.uz, eduportal.uz

  • Reklama saytlari. Bu turdagi saytlarga asosan reklama agentliklari va reklamalarni joriy qilish saytlari kiradi.

  • Tijorat saytlari. Bu turdagi saytlarga internet do‘konlar, internet to‘lov tizimlari va internet konvertasiya tizimlari saytlari kiradi, masalan: websum.uz, webmoney.ru, egold.com

  • Ko‘ngilochar saytlar. Bu turdagi saytlarga kompyuter o‘yinlariga, fotogalereyalarga, sayohat va turizmga, musiqa va kinonamoyishlarga bag‘ishlangan saytlarni kiritish mumkin, masalan: mp3.uz, melody.uz, cinema.uz

  • Ijtimoiy tarmoqlar saytlari. Bu turdagi saytlarga tanishish, do‘stlarni qidirish, anketalarni joylashtirish va o‘zaro muloqot o‘rnatishga bag‘ishlangan saytlarni kiritish mumkin, masalan: sinfdosh.uz, id.uz, odnoklassniki.ru

Korxona va tashkilotlar saytlari. Bu turdagi saytlarga davlat korxonalari, xo‘jalik va boshqaruv organlari saytlari kiritiladi.

 

Internet resurslari va ulardan foydalanish usullari

Internet resurslarini har xil ko‘rinishdagi axborotlar tashkil etadi. Internet resurslaridan foydalanish internetning har xil xizmatlari yordamida amalga oshiriladi. Mavjud xizmatlarni bilish, konkret xizmatlarga murojaat qila bilish va qo‘yilgan masalani yechish usullarini to‘g‘ri tanlash tarmoqda ishlash samarasini belgilaydi.

Internetning xizmatlarini quyidagi xizmatlarga ajratish mumkin.

  • Interaktiv xizmatlar;

  • To‘g‘ri murojaat qilish xizmatlari;

  • Keyinchalik o‘qishga mo\ljallangan xizmatlar;

Keyinchalik o‘qishga moljallangan xizmatlar ko‘p tarqalgan bo‘lib, ular ancha universal va kompyuter resurslariga hamda aloqa tizimlariga bo‘lgan talablari kamroq hisoblanadi. Bu sinfning asosiy belgisi – axborot olishga berilgan talab bilan uni olish vaqti orasidagi tafovut kata bo‘lishi mumkin.

Internetga resurslarni joylashtirish va ko‘chirib olish. Axborotni serverga joylashtirish bir necha usullarda amalga oshiriladi. Masalan Plesk tizimi, FTP klient dasturlari yoki Web interfeys orqali resurslarni internetga joylashtirish mumkin. Bunda barcha yuklanayotgan ma’lumotlar server kompyuter xotirasidagi ajratilgan joyga joylashtiriladi. Biror ma’lumotni internetdagi biror kompyuterga joylashtirish uchun foydalanuvchi albatta shu tizimda qayd qilingan bo‘lishi shart, aks holda yuklashga ruxsat berilmaydi.

Ma’lumotlarni yuklab olish Web interfeys orqali yoki maxsus dasturlar orqali amalga oshiriladi. Bunda ko‘rilgan Web saytdagi ma’lumotlarni Internet brouzerning saqlash amali yordamida yuklab olish mumkin. Agar Файл ko‘rinishidagi ma’lumotlarni yuklab olish kerak bo‘lsa, u holda Файлlarni yuklab olishga mo‘ljallangan maxsus dasturlardan foydalaniladi.

Internetda manzil tushunchasi va Internet resurslari manzili. Sahifa, Файл yoki boshqa resursning Internetda joylashishini aniqlovchi noyob manzil – URL deb ataladi. Internetdagi manzil odatda quyidagi elementlardan tarkib topadi: resursdan foydalanish protokoli (masalan, http://, ftp://) va domen nomi (masalan, domain.uz). Internetdagi manzil, shuningdek, URL-manzil deb ham ataladi.

Kompyuter domen manzilining namunaviy ko‘rinishi quyidagicha: http://www.tuit.uz, http://www.aci.uz. Odatda, hujjatlarda manzilni anglatuvchi ma’lumotlarning tagiga chiziladi.

Namunadan ko‘rinib turibdiki, kompyuter manzili bir necha qismlardan iborat. O‘ng tomondan manzilning birinchi qismi (namunada uz) domenning birinchi sathi deb qabul qilinadi, keyingisi (namunada tuit) – domenning ikkinchi sathi va hokazo. Internetda manzillar ko‘p qavatli domen tizimida qurilgan. Birinchi sath domenlar umumjahon mavzular yoki geografik joylar bo‘yicha nomlanadi. Saytlar nomlari quyidagicha umumiy ko‘rinishda ifodalanadi:

http://www. sayt nomi. sayt sohasi. davlat kodi.

O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali. O‘zR Vazirlar Mahkamasining “Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portalini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007 yil 17 dekabrdagi 259-son qaroriga asosan Hukumat portali Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining rasmiy davlat axborot resursi hisoblanadi. Bu bilan Hukumat portalida chop etilgan axborot, ommaviy axborot vositalarida chop etilgan axborot iblan teng kuchga ega ekanligi belgilab berilgan.

Asosiy maqsadlari:

  • respublika aholisi hamda xalqaro jamoatchilikning O‘zbekiston Respublikasi Hukumati faoliyati to‘g‘risida, respublikaning ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotida amalga oshirilayotgan islohotlardan xabardorligini ta`minlash;

  • tashkilotlarning yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro hamkorligi samaradorligini oshirishga ko‘maklashish;

  • axborotlarni ayirboshlash va tarqatish tezligi darajasi, tashkilotlarning xabardorligi darajasi o‘sishi hisobiga tashkilotlar faoliyatining sifati va samaradorligini oshirishga ko‘maklashish;

  • axborotlarni idoralararo elektron ayirboshlashni birxillashtirish.

O‘tgan vaqt mobaynida Portal уаngi ma’lumotlar bilan to‘ldirilib kengaytirib borildi. Portalning funksional imkoniyatlarni mukammallashtirish, foydalanuvchilar qulayligi uchun do‘stona interfeys yaratish hamda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyati to‘g‘risida dolzarb va tezkor ma’lumotlarni joylashtirish bo‘yicha ishlar olib borildi.

O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2009 yil 20 yanvardagi “Ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ – 1041 – sonli qaroriga asosan “Qo‘shimcha modullar (G to V va G to S) kiritilgan уаngi platformadagi уаngi Hukumat portalini ishga tushirish loyihasini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portalining уаngi versiyasi ishlab chiqildi va 2009 yil 1 oktyabrdagi Internet tarmog‘ida asosiy domen www.gov.uz manzili bo‘yicha joylashtirildi.

Ziyonet ta’lim tarmog‘i va undan foydalanish.

ZiyoNET jamoat axborot ta’lim tarmog‘i 2005 yil 28 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning “O‘zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2005 yil 28 sentyabrdagi qaroriga muvofiq tashkil topgan.

ZiyoNET tarmog‘ining asosiy maqsadi ta’lim tizimida respublika yoshlari hamda ta’lim oluvchilarni bilim olish jarayonida axborot-kommunikasiya xizmatlarini ko‘rsatishdan iborat.

ZiyoNET portali. ZiyoNET axborot ta’lim tarmog‘i yoshlarni, murabbiylarni, shuningdek aholining turli qatlamini kerakli axborot bilan ta`minlash, AT sohasida kerakli ma’lumotlarni berish, muloqat qilish va tajriba almashinishlari uchun zarur imkoniyatlarni yaratib berishni o‘z zimmasiga oladi.

Foydalanuvchilar. ID.UZ tizimidan ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilarga ZiyoNet portali o‘z imkoniyatlarini namoyon qilishlari uchun barcha sharoitlarni yaratib beradi. Jumladan,

  • ZiyoNet portalining kutubxonasiga axborot – ta’limiy ma’lumotlarni joylashtirish;

  • uchinchi darajali «zn.uz» domenida sayt-satelitlarni yaratish;

  • ZiyoNET portalining yopiq bo‘limlariga kirish va u yerdan ma’lumot olish;

  • ZiyoNET axborot resurs tarmog‘ining turli tanlovlarida qatnashish.

ZiyoNet tarmog‘iga ulanish. Hukumat qaroriga muvofiq barcha ta’lim muassasalari (ulanish ob’yektlari) ZiyoNET axborot ta’limiy tarmog‘i negizida birlashishlari kerak.

ZiyoNET ta’lim tarmog‘i. Ziyonet.uz subdomenlarida 12 ta ochiq resurslar joylashgan bo‘lib, ular quyidagilar:

1. http://sites.ziyonet.uz/uzc – Saytlar restri;

2. http://lang.uz/ru/site/hello – xorijiy tillarni o‘rganish;

3. http://audio.ziyonet.uz/uzc – audio kitoblar;

4. http://library.ziyonet.uz/uzc - ziyonet kutubxonasi;

5. http://ask.ziyonet.uz/uzc – savol-javoblar xizmati;

6. http://games.ziyonet.uz/uzc- ta’limiy o‘yinlar jamlanmasi

7. http://institutions.ziyonet.uz/uzc – ta’lim muassasalari katalogi;

8. http://abiturient.ziyonet.uz/uzc - Respublika oliy ta’lim muassasalaridagi barcha mutaxassisliklar bo‘yicha ma’lumotlar va testlar;

9. http://sport.ziyonet.uz/ - sport sohasiga doir ma’lumotlar bazasi;

10. http://blogs.ziyonet.uz/uzc - sayt stelitlari;

11. http://arboblar.uz/ – O‘zbekiston arboblari;

12. http://army.ziyonet.uz/uzc - O‘zbekiston Respublika Qurolli kuchlari.

ZiyoNET ning boshqa loyihalari

Tarmoqda ijtimoiylikning quyidagi elementlari joriy etilgan:

foydalanuvchi profili;

do‘stlar bo‘limiga foydalanuvchi qo‘shish;

xabar almashish;

foydalanuvchilar reytingi;

fikr va mulohazalar bildirish;

qiziqishlar bo‘yicha foydalanuchilarni guruhlarga birlashtirish.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziriligi, O‘rta-maxsus kasb-hunar ta’lim markazi, Хalq ta’limi vaziriligi va Davlat test markazi Web saytlari va ulardan foydalanish.

Ushbu ta’lim vazirliklari saytlari o‘zlarida oliy ta’lim va uning faoliyati, oliy ta’lim muaasasalari, o‘rta-maxsus kasb-hunar ta’limi va uning faoliyati, o‘rta-maxsus kasb-hunar ta’lim muassasalari, xalq ta’limi va uning faoliyati, respublika maktablari, ta’limning me`yoriy hujjatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni mujassamlagan. Ta’lim muassasalari vazirliklari saytlari manzillari

Salbiy va ijobiy resurslarga ega bo‘lgan Web saytlar va ularning ahamiyati.

Internetning ichki tahdidlari tarmoq axborot makonining ahvoli va rivojlanishi uchun salbiy oqibatlarga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan tahdidlar. Bular: tarmoqning ortiqcha yuklanganligi tufаyli axborot kollapsi (qulashi); xakerlarning ma’lumotlarni yo‘q qilishi yoki o‘zgartirishi, bog‘lamalar va trafikni “chetlab o‘tish” yo‘nalishlarini blokirovkalash maqsadida uyushtirgan hujumlari; kommunikasiya kanallarining tasodifiy yoki uyushtirilgan avariyalari; axborot-izlash tizimlarining mukammal emasligi; protokollarning “ma’naviy” eskirib qolishi va boshqalar.

Internetning tashqi tahdidlari foydalanuvchilar uchun salbiy oqibatlarga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan tahdidlar. Tashqi tahdidlar texnologik va ijtimoiy bo‘lishi mumkin:

- Texnologik: tezligi sekin kanallar; tarmoqqa ulanishning unumsiz uslublari; olib keltirilgan viruslar; axborot “toshqini” va h.k.

- Ijtimoiy: foydalanuvchilarning jismoniy va ruxiy sog‘lig‘iga bo‘lgan ta’sir; insonning shaxsiy ongiga bo‘lgan ta`sir; axborot terrori, jinoyati va boshqalar.

Global tarmoqda ishlash va ma’lumotlar ustida turli amallar bajarish uchun maxsus dasturiy ta`minot zarur. Bunday dasturiy ta`minotlar brauzerlar deyiladi.

Bugungi kunda ko‘plab Internet brauzerlari mavjuddir. Ularning ichida keng tarqalganlari Internet Explorer, Opera, GoogleChrome, va Mozilla Firefox brauzerlaridir.

  1. http://www.xtxmom.bimm.uz - ХTХQTMOH Markazlar platformasi

  2. http://www.giu.uz Toshkent shahar ХTХQTMOH Markazi Web sayti

  3. http://www.uzedu.uzO‘zbekiston Respublikasi Хalq ta’limi vazirligi Web sayti

  4. http://www.eduportal.uzO‘zbekiston Respublikasi Хalq ta’limi vazirligi axborot ta’lim portali

  5. http://www.lex.uz- O‘zbekiston normativ xuquqiy bazalar Web sayti

  6. http://www.google.uzqidiruv sayti

  7. http://www.natlib.uz –O‘zbekiston Respublikasi A.Navoiy nomidagi milliy kutubxona Web sayti.

  8. http://www.rtm.uzRespublika ta’lim markazi Web sayti

  9. http://www.ziyonet.uzta’lim portali

  10. http://www.pedagog.uzTDPU kutubxonasi Web sayti

  11. http://www.kitob.uzelektron kutubxona Web sayti

  12. http://www.uz- milliy qidiruv sayti

  13. http://www.e-school.for.uz- umumiy o‘rta ta’lim maktablari masofaviy ta’lim tizimi uchun elektron o‘quv uslubiy majmualar Web sayti.

  14. http://www.ikids.uz boshlang‘ich ta’lim tizimi uchun elektron o‘quv resurslar majmui.

  15. http://www.utube.uz - Видeo ta’lim portali

  16. http://www.intuit.ru - Masofaviy ta’lim kursi.

– xalq ta’lim vazirligining axborot ta’lim portali. Bu portalda o‘qituvchilar o‘zlarining fanlariga tegishli axborotlarni va multimedia materiallarini olishlari mumkun.

http://www.uzedu.uz – xalq ta’lim vazirligining Web sayti. Bu saytda o‘qituvchilar o‘zlarining fanlariga tegishli normativ xujjatlarni va boshqa ma’lumotlarni olishlari mumkun.

Brauzerda www.referat.uz saytida ma’lumot qirish qanday bo‘lishligini ko‘rib chiqaylik. Dasturni ishga tushuramiz va ochilgan oynada manzil maydoniga www.referat.uz so‘zini yozib enter tugmasini bosamiz va natijada www.referat.uz sayti bosh sahifasi ochiladi.

Saytdan ma’lumot topish uchun “qidirish” maydoniga qidirishimiz kerak bo‘lgan ma’lumot kalit so‘zini yozamiz. Misol uchun, bizga informatika fanidan testlar to‘plami kerak, u holda “qidirish” maydoniga “informatika” so‘zini yoziladi qidirish tugmasini bosamiz. Natijada bizga kalit so‘zi bo‘yicha topilgan ma’lumotlar ko‘rsatiladi.

Izlab topilgan ma’lumotni quyidagicha ko‘chirib olish mumkin.

Зарузки oynasida ma’lumot ko‘chirilib bo‘lgan yoki bo‘lmaganligi va ma’lumot nomi, hajmi, vaqti va ko‘chirilgan vaqtdagi ko‘chirish tezligi haqidagi xabar beriladi.