Amaliy Ishlar

5- amaliy mashg‘ulot: Multimediali elektron testlar va 3D kitoblar yaratish texnologiyasi.

REJA:

1. 3D-kitob yaratish

2. Glossariy yoki katalog yaratish

Amaliy mashg‘ulot maqsadi: Tinglovchilar iSPRING Kinetics dasturining imkoniyatlari bilan tanishib, dasturda 3D kitob yaratishni o‘rganadilar.

Multimediali elektron o‘quv kurslarni yaratish imkoniyatini beruvchi pedagogik dasturiy vositalar ichida yuqori reytingga ega bo‘lgan iSpring dasturi haqida to‘xtalib o‘tamiz.

Ushbu paket o‘z ichiga 3 ta dasturiy modulni oladi. Ular yordamida audio, Видeo, interaktiv elementlar va testlar bilan boyitilgan onlayn taqdimot materiallari va o‘quv kurslari, har xil so‘rovnomalar, anketalar, interaktiv testlar, 3D kitob kabi bir qancha elektron nashrlar tashkil etish imkoniyati mavjud.

iSpring Suite elektron nashrlar yaratish paketini ushbu http://www.ispring.ru/ispring-suite manzil orqali yuklab olish mumkin. Dastur avtomatik ravishda MS PowerPoint dasturi menyular satriga o‘rnatiladi va alohida menyuda joylashadi.

Interaktivnosti qismida 4 turdagi interaktiv elementlarni yaratish mumkin: kitob (Kniga), glossariy yoki katalog (Katalog), savol-javob (Vopros-otvet), vaqt shkalasi (Vremennaya shkala). Interaktiv elementlar yordamida ixtiyoriy matnli yoki grafik axborotlarni osonlik bilan tizimlashtirish mumkin.

Interaktiv kitob yaratish uchun Interaktivnosti bо‘limida Kniga tanlanadi. 

Dastur avtomatik tarzda 3D-kitob maketini yaratadi. 

iSpring dasturi interfeysi Microsoft Office dasturlarining interfeysiga о‘xshash bо‘lib, ekranning yuqori qismida lenta maydoni mavjud. Bu maydon tо‘rtta vkladkadan iborat: kniga, dizayn, vid va spravka.

Har bir vkladka tarkibida shu vkladkaga mos buyruqlar mavjud. Kniga vkladkasi 5 blokdan iborat.

Stranitsa blokida kitob sahifalarini yaratish hamda yaratilgan sahifalar nushasini kо‘paytirish (dublirovat) yoki mavjudlarini о‘chirish. Shrift bloki turli shriftlardan foydalanish imkoniyatini beradi hamda matnni tahrirlash uskunalaridan tarkib topgan. Risovaniye bloki yordamida mos buyruqlar yordamida kitobning birinchi sahifasiga tasvir va personaj qо‘yish mumkin.

Dizayn menyusi yordamida kitobning dizayni va shaklini о‘zgartirish mumkin. 

Kitob sahifasi uchun rang tanlash imkoniyati ham mavjud.

Vid menyusida kitob tahrirlash jarayonida kitobning holatini sozlash mumkin.

Shundan sо‘ng 3D-kitobni internetga joylash va foydalanuvchilarga taqdim etish mumkin.

Glavnaya menyusidagi Publikatsiya buyrug‘ini ishga tushiramiz va interaktiv kitob nomi, ushbu kitobni saqlash kerak bо‘lgan manzilni kо‘rsatamiz. Sjatiye vkladkasida faylni siqish metodini tanlaymiz.

Kitobni nashr etgandan sо‘ng, kitobni brauzer oynasi yoki Adobe Flash Player yordamida kо‘rish mumkin.