Mavzular
- Muallif: Tulkin Kadirov
- 02.09.2021
- Mavzular
1. Tarix darslarida axborot kommunikatsiya texnologiyalari va pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish
Reja:
-
1. O‘quv mashg‘ulotlarida axborot kommunikatsiya texnologiyalari
-
2. O‘quv jarayonida pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish.
Tayanch so‘zlar: Axborot texnologiyalari, axborot komminikatsiya texnologiyalari, pedagogik dastiry vosita, sun`iy intelekt, EHM tarmoqlari, electron pochta.
O‘quv mashg‘ulotlarida axborot kommunikatsiya texnologiyalari
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishining zamonaviy jahon darajasi shundayki, respublikada jahon axborot makonining infratuzilmalari va milliy axborot-hisoblash tarmog‘i integratsiyasiga mos keluvchi milliy tizimni yaratish milliy iqtisodiyot, boshqarish, fan va ta’lim samaradorligining muhim omili bo‘lmoqda. Bu muammolar ancha murakkab va ayni paytda respublikamiz uchun dolzarbdir. Hozirda olib borilayotgan iqtisodiy, tuzilmaviy va boshqa o‘zgarishlarni amalga oshirish natijalari respublikada axborotlashtirish bilan bog‘liq muammolarning qanday va qaysi muddatlarda hal etishga ham bog‘liqdir. O‘quv fanlari bo‘yicha elektron o‘quv vositalarining yaratilishi mazkur fanlarni o‘qitishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytiradi. Bu o‘z navbatida, talabalarning mazkur fanlar bo‘yicha bilimlarini chuqur o‘zlashtirishlarining asosiy omili bo‘lib, ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshiradi.
Zamonaviy jamiyatni va ayniqsa ta’limni axborotlashtirish zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini takomillashtirish va ommaviy tarqatish jarayonlari bilan ajralib turadi. Ta’lim sohasida ushbu texnologiyalar ma'lumot uzatish va o‘qituvchi va talabaning zamonaviy ochiq va masofadan turib o‘qitish tizimlarida o‘zaro ta'sirini ta'minlash uchun faol foydalanilmoqda. Zamonaviy o‘qituvchi nafaqat o‘z sohasi bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lishi, balki o‘z kasbiy faoliyatida AKTdan foydalanishi kerak.
Axborot texnologiyalari maʼlumotlarni boshqarish va qayta ishlash texnologiyalaridir. Odatda bu atama ostida kompyuter texnologiyalari tushuniladi. Axborot texnologiyalari sohasida turli axborotniEHM va kompyuter tarmoqlari orqali yigʻish, saqlash, himoyalash, qayta ishlash, uzatish kabi amallar ustida ishlar olib boriladi.
Axborot texnologiyasi asosiy texnik vositalari sifatida hisoblash- tashkiliy texnikadan tashqari aloqa vositalari – telefon, teletayp, telefaks va boshqalar qo‘llaniladi.
Axborot texnologiyasi insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham mavjud bo‘lgan bo‘lsa-da, xozirgi zamon axborotlashgan jamiyatining o‘ziga xos xususiyati shundaki, sivilizatsiya tarixida birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan kuch energiya, xomashyo, materiallar va moddiy iste’mol buyumlariga sarflanadigan xarajatlardan ustunlik qilmoqda, ya’ni axborot texnologiyalari mavjud yangi texnologiyalar orasida yetakchi o‘rinni egallamoqda.
Axborot texnologiyalari industriyasi majmuini kompyuter, aloqa tizimi, ma’lumotlar ombori, bilimlar ombori va u bilan boglik faoliyat soxalari tashkil kiladi. Bugungi kunda axborot texnologiyasini shartli ravishda “saqlovchi, ratsionallashtiruvchi, yaratuvchi” turlarga ajratish mumkin. Birinchi turdagi texnologiyalar mehnatni, moddiy resurslarni, vaqtni tejaydi. Ratsionallashtiruvchi axborot texnologiyalariga chiptalar buyurtma qilish, mexmonxona xisob-kitoblari tizimlari misol bo‘ladi. Yaratuvchi (ijodiy) axborot taxnologiyalari axborotni ishlab chiqaradigan, undan foydalanadigan va insonni tarkibiy qism sifatida o‘z ichiga oladigan tizimlardan iborat.
Axborot texnologiyalari jamiyat axborot resurslaridan oqilona foydalanishning eng muhim omillaridan biri bo‘lib, hozirgi vaqtga qadar bir necha bosqichlarni bosib o‘tdi.
1 – bosqich. XIX asirning ikkinchi yarmigacha davom etgan. Bu bosqichda «qo‘llik» axborot texnologiyalari taraqqiy etgan. Uning vositasi pero, siyohdon, kitob. Kommunikatsiya ya’ni aloqa odamdan – odamga yoki pochta orqali xat vositasida amalga oshirilgan.
2 - bosqich. XIX asirning oxiri, unda «mexanik» texnologiya rivoj topgan. Uning asosiy vositasi yozuv mashinkasi, arifmometr kabilardan iborat.
3 – bosqich. XX asirning boshlariga mansub bo‘lib, «elektromexanik» texnologiyalar bilan farq qiladi. Uning asosiy vositasi sifatida telegraf va telefonlardan foydalanilgan. Bu bosqichda axborot texnologiyasining maqsadi ham o‘zgardi. Unda asosiy urg‘u axborotni tasvirlash shaklidan uning mazmunini shakllantirishga ko‘chiliriladi.
4 – bosqich. XX asir o‘rtalariga to‘g‘ri kelib, «elektron» texnologiyalar qo‘llanilishi bilan belgilanadi. Bu texnologiyaning asosiy vositasi EHMlar va ularning asosida tashkil etiladigan avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari va axborot izlash tizimlaridir.
5 – bosqich. XX asirning oxiriga to‘g‘ri keladi. Bu bosqichda kompyuter texnologiyalari taraqqiy etdi. Ularning asosiy vositasi turli maqsadlarga mo‘ljallangan turli dasturiy vositalarga ega bo‘lgan shaxsiy kompyuterlardir. Bu bosqichda kundalik turmush, madaniyat va boshqa sohalarga mo‘ljallangan texnik vositalarning o‘zgarishi ro‘y berdi. Lokal va global kompyuter tarmoqlari ishlatila boshlandi.
Axborot texnologiyasi va texnik vositalar samarasini belgilaydigan didaktik materiallardan keng foydalanish zamonaviy pedagogik texnologiyalarning asosiy belgilaridan biridir. Milliy dasturda ta’lim-tarbiya jarayonini boshqarishning bu muhim vositasiga alohida urg‘u berilgan. Axborotli vositalar (kompyuter, elektron aloqa, radio, televideniye) dan foydalanish darajasi ikki omil bilan aniqlanadi:
-
o‘quv jarayoni uchun axborotli vositalar samara beradigan mavzular yuzasidan didaktik materiallarni ishlab chiqish.
-
pedagoglarning o‘z amaliy faoliyatlarida texnik vositalar va didaktik materiallardan metodik jihatdan to‘g‘ri foydalana olish tayyorgarligini tekshirish.
-
axborotli ta’lim jarayoni oldindan pedagogik loyihalangandagina ko‘zlangan maqsadga erishish mumkin.
Pedagogik jarayonni kompyuterlashtirish asosiy yo‘nalishlaridan biri va zamonaviy pedagogik texnologiyalarning shug‘ullanishi lozim bo‘lgan sohasidir.
Axborot texnologiyalari – bu odamlarning bilimlarini rivojlantiradigan, ularning texnika va ijtimoiy jarayonlarni boshqarish bo‘yicha imkoniyatlarini kengaytiradigan ma’lumotlarni tashkil etish, saqlash, ishlab chiqish, tiklash, uzatish usullari va texnik vositalaridir. Yana shuningdek, axborot texnologiyalari deganda, ma’lum bir maqsadga erishish uchun amalga oshiriladigan jarayonlar zanjiridan iborat yaratuvchi faoliyat tushuniladi. Agar texnologik zanjirni tashkil etuvchi jarayonlar, ular orasidagi axborot almashinuvini tashkil etish va ularni uyg‘unlashtirishda kompyuterlardan foydalanish imkoniyati yaratilsa, har qanday texnologiyaning samaradorligi ortadi.
Albatta, buning uchun mazkur texnologiyani sinchiklab o‘rganish, jarayonlardagi va ular o‘rtasidagi axborot almashinuvini, shuningdek, jarayonlar zanjirini (ya’ni texnologiyani) boshqarishning axborot ta’minotini tahlil etish zaruriyati paydo bo‘ladi.
Hozirgi zamon axborot texnologiyalarining asosini quyidagi uchta texnika yutug‘i tashkil etadi:
1. Axborotning mashina o‘qiydigan tushunchalarda jamlash muhitining paydo bo‘lishi (magnit, lentalar, kinofilmlar, magnit disklar va h.);
2. Axborotni yer sharining istalgan nuqtasiga vaqt va masofa bo‘yicha muhim cheklashlarsiz yetkazishini ta’minlovchi aloqa vositalarining rivojlanishi, aholining aloqa vositalari bilan keng qamrab olinishi (radio eshittirish, televidenie, ma’limotlarni uzatish tarmoqlari, yo‘ldosh aloqa, telefon tarmog‘i va h.);
3. Axborotni kompyuterlar yordamida berilgan algoritm bo‘yicha avtomatlashtirilgan ishlab chiqish imkonini (saralash, tasniflash, kerakli shaklda ifodalash, yaratish va h.) oshirish.
Axborot texnologiyalari, birinchidan, axborotning sirkulyatsiyasi va ishlov berish majmui, ikkinchidan, bu jarayonlarning tasviridir.
Axborot texnologiyalari ta’lim jarayonida muhim o‘rin tutib, quyidagi vazifalarni hal etishga yordam beradi:
- har bir odamga xos noyob fazilatlardan iborat individual qobiliyatlarni o‘qitilayotgan o‘quvchi va talabalarda ochish, saqlash va rivojlantirish, ularda bilish qobiliyatlarini, o‘zini o‘zi kamolotga yetkazishga intilishni shakllantirish;
- voqea va hodisalarni kompleks o‘rganishni, aniq, tabiiy-ilmiy, texnikaviy, ijtimoiy, gumanitar fanlar va san`at orasidagi o‘zaro bog‘liqlikning chambarchasligini ta’minlash;
- o‘quv-tarbiya jarayonlarining mazmun, shakl va metodlarini doimiy tarzda va dinamik ravishda уаngilash.
Тa’lim tizimi nuqtai nazaridan axborot texnologiyalarining joriy etilishi bilan birga yuzaga keladigan quyidagi muammolar muhimdir:
1.Тexnik muammolar – bular ta’lim tizimida foydalaniladigan elektron-hisoblash va mikroprotsessor texnikasiga qo‘yiladigan talablarni, ularni amalda qo‘llash xususiyatlarini belgilaydi;
2.Dastur muammolari – bular ta’lim tizimida foydalanish uchun dastur ta’minotining tarkibi va turlarini, ularning qo‘llanish tarkibi va xususiyatlarini belgilaydi;
3.Тayyorgarlik muammolari – bular o‘qituvchi va o‘quvchi, pedagog va talabalarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, shu jumladan, hisoblash texnikasidan ham foydalanish o‘quvi bilan bog‘liqdir.
Bugungi kunda ta’limni axborotlashtirishda asosiy yo‘nalish turli o‘quv fanlari bo‘yicha pedagogik dastur vositalarini yaratishdan iborat bo‘lib qoldi. Ammo mavjud va ishlab chiqilayotgan kompyuter texnikasi bazasidagi pedagogik dastur vositalari o‘qitish nuqtai nazaridan ta’lim sifatida muhim siljishlarga olib kelishi mumkin. Buning sabablaridan biri-kompyuter texnologiyalari an’anaviy tashkil etilgan o‘qitish jarayonida joriy etila boshlanganligidir. U o‘zining asosiy mazmuni va metodlari bo‘yicha bu texnologiyalarga yo‘naltirilmagan va ularga ehtiyoj sezmaydi.
Тa’lim texnologiyalari doimo axborotli bo‘lgan, chunki ular ko‘p xil axborotni saqlash, uzatish, foydalanuvchilarga yetkazish bilan bog‘liq edi. Kompyuter texnikasi va kommunikatsiya vositalari paydo bo‘lishi bilan o‘qitish texnologiyalari tubdan o‘zgardi. Тa’lim jarayonida axborot texnologiyalarini amalga oshirilishi quyidagilarning mavjud bo‘lishini taqozo etadi:
- ta’limning texnik vositalari sifatida kompyuterlar va kommunikatsiya vositalari;
- ta’lim jarayonini tashkil etish uchun unga mos tizimli va amaliy dastur ta’minoti;
- ta’lim-tarbiya jarayonida уаngi o‘quv-texnika vositalarini tatbiq etish bo‘yicha mos metodik ishlanmalar.
Keyingi vaqtlarda «o‘qitishning kompyuter texnologiyalari» tushunchasi tarqalib, bunda kompyuterlar bazasida amalga oshirilgan o‘qitish texnologiyalari tushuniladi. Biroq axborot texnologiyalari tushunchasi o‘qitishning kompyuter texnologiyalari tushunchasidan kengroqdir, chunki kompyuterlar axborot texnologiyalari texnik vositalarining tarkibiy qismidir.
Bugungi kunda turli optik xotirlovchi qurilmalar (videodisklar, optik disklar) keng tarqaldi. Ulardan foydalanish matnli grafik axborotni bir vaqtda birgalikda yozish imkonini beradi, shu bilan birga uni qayta tiklashda yuqori sifatli tasvir paydo bo‘ladi. Magnit yozuvdan farqli o‘laroq, optik disklardagi yozuv istalgan sondagi qayta tiklashlarda ham yomonlashmaydi. Kompyuterlar ishining dasturiy-matematik ta’minoti yuqori texnologik ishlab chiqarish taraqqiyotining muhim yo‘nalishi bo‘lmoqda.
Shuningdek, texnik va dasturli axborot texnologiyalari ham mavjud bo‘lib, ularga quyidagilar kiradi:
EHM tarmoqlari.Hozirgi vaqtda bilimlarning barcha sohalarida EHM yoki kompyuter (lokal yoki global) tarmoqlari keng tarqalgan. EHM lokal tarmoqlari uncha katta bo‘lmagan fazoda amalga oshiriladi va axborot xizmati turli tarmoqlarining integratori bo‘ladi. Ular tashkilotlardagi barcha axborot texnologiyalari vositalarini birlashtiradi hamda ularning samaradorligini oshiradi. EHM global tarmoqlari esa, axborotni katta masofalarga uzatilishini amalga oshirish imkonini beradi.
Yo‘ldoshli aloqa tizimlari.Ko‘plab yer ustidagi stansiyalarni va yer sun’iy yo‘ldoshidagi retrenslyatorlarni o‘z ichiga oladi. Bugungi kunga kelib, bu tizimlar kompyuterlar orasidagi aloqani amalga oshirish uchun ma’lumotlar to‘plash hamda teleniye dasturini uzatish uchun ishlatilmoqda.
Sun’iy intellekt tizimlari.Sun’iy intellekt elementli AKТning boshqalaridan farqi shundaki, oddiy AKТlari faqat statistik ma’lumotlarni, sun’iy intellekt tizimlari esa bilimlarni ishlab chiqadi. Informatikaning alohida yo‘nalishi-sun’iy intellektdir. Odam aqliy faoliyatining ba’zi turlarini amalga oshiruvchi dasturli-texnika vositalari ishlab chiqilmoqda.
Elektron pochta.«Elektron pochta» – bu korrespondensiyalar almashishi uchun pochtaga o‘xshash axborot uzatish va ishlab chiqishning elektron usullaridan foydalanish, ya’ni bosma materiallar, jadvallar va jurnallarni uzatish hamda elektron pochta yoki qog‘ozsiz pochta aloqalari xizmatidan iborat bo‘lib, u xabarlarni to‘plash, ishlab chiqish va taqdim etish hamda ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari tizimidir.
Elektron pochta asosida aholiga elektron gazeta va jurnallar kabi axborot xizmati ko‘rsatish amalga oshirilgan. So‘nggi yillarda jahon bozorida elektron nashrlar borgan sari ko‘p o‘rin egallamoqda. Bu jarayon kompakt optik disklar keng tarqalishi bilan tezlashdi.
Тelekonferensiyalar.Тelekonferensiyalar zamonaviy axborot texnologiyalarning amalga oshirilishiga misol bo‘la oladi. Тelekonferensiyalarni o‘tkazish uchun quyidagi apparaturalardan foydalaniladi: terminallar, televezion kameralar, grafik displeylar, katta namoyish ekranlari. Shuningdek, telekonferensiyalar orqali dolzarb masalalar muhokamasini tezkorlik bilan tashkil etish, muhokama uchun istalgan rasmli materiallardan foydalanish, dolzarb masalalarni muhokama qilishda ishtirok etuvchi mutaxassislar doirasini kengaytirish, xalqaro ma’lumotlar banklaridagi istalgan axborotdan foydalanish kabi imkoniyatlar yuzaga keladi.
O‘qitishning zamonaviy axborot texnologiyalari o‘quvchi-talabaning emas, u eng avvalo, o‘qituvchi(pedagog)ning texnologiyasidir. O‘quvchi-talaba zamonaviy axborot texnologiyasini o‘rganmaydi, balki uning mahsulotidan o‘qitishning texnik vositasi sifatida foydalanadi. O‘qituvchi (pedagog) zamonaviy texnologiyalarni qo‘llab darsga tayyorlanadi, darsni tashkil qiladi, o‘quvchi- talabalar bilimini nazorat qiladi va uning vazifasi ta’lim mazmunini takomillashtirish uchun kompyuterlashtirishning eng yuqori darajasidagi axborot texnologiyalarini ta’lim jarayoniga olib kirishdan iborat bo‘ladi.
Axborot texnologiyalari, kompyuterlashtirish va kompyuter tarmoqlari negizida ta’lim jarayonini axborot bilan ta’minlashni rivojlantirish omillari kompyuterlashtirishning har ikkala yo‘nalishini ham rivojlantirib borish zaruriyatiga bog‘lanadi. Buning uchun shu sohada qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlarga asoslangan holda uzluksiz ta’lim tizimining hamma bosqichlarida «kompyuterlashtirishning konsepsiyasi» yaratilishi lozim.
Kompyuterli texnologiyalar dasturli o‘qitish g‘oyalarini rivojlantiradi, zamonaviy kompyuterlar va telekommunikatsiyalarning noyob imkoniyatlari bilan bog‘liq ta’limning hali tadqiq qilinmagan уаngi texnologik variantlarini ochadi. Тa’limning kompyuterli (уаngi axborot) texnologiyalari – bu axborotni tayyorlash va uni ta’lim oluvchiga uzatish jarayoni bo‘lib, uning amalga oshirish vositasi kompyuterdir, ya’ni:
- o‘quvchi-talabalarda axborot bilan ishlash mahoratini shakllantirish, ularning kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirish;
- «axborotli jamiyat» shaxsini tayyorlash;
- ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirish imkoni darajasidagi va yetarli miqdorda axborot bilan ta’minlash;
- o‘quvchi-talabalarda tadqiqotchilik mahoratini, optimal qarorlar qabul qilish qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirish.
Kompyuterli texnologiya mazmuni bir qancha shakllantirilgan modelni qo‘llashga asoslangan bo‘lib, bu model kompyuter xotirasiga yozib qo‘yilgan pedagogik dasturli vositalar va telekommunikatsiya tarmog‘ining imkoniyatlari orqali namoyon bo‘ladi.
Axborot texnologiyalaridan faqat o‘quv jarayonida emas, balki uzluksiz ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarni ilmiy-texnik va maxsus axborot bilan ta’minlaydigan axborot ishida, ta’lim tizimini boshqarishda va kadrlarning malakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlash tizimida ham foydalanish mumkin.
Rivojlangan mamlakatlarda axborot texnologiyalarini ta’limga joriy etishda ularning texnik vositalarini integratsiyalash asosiy yo‘nalish bo‘lmoqda. Shu munosabat bilan, hatto «multimedia» tushunchasi paydo bo‘ldiki, u o‘qitishda ko‘pchilik texnik vositalardan kompleks foydalanishni bildiradi. Multimediani qo‘llagan holda eng muhim narsa o‘quvchi-talabalarni kerakli axborotni tanlab olishga o‘rgatishdan iborat bo‘ladi. O‘qituvchi(pedagog)ning vazifasi axborotni berishdan iborat emas, balki uni topishda yordam berishdan iborat bo‘ladi, o‘qituvchi (pedagog) bilimlar sohasida yo‘l ko‘rsatuvchi hamdir.
Bu kabi o‘qitish vositalari kompleksidan foydalanilgan holda o‘quvchi-talabaga ta’sir ko‘rsatish birgina axborot kanallari (ko‘rish, eshitish va h.k.) orqali amalga oshiriladi. Bu esa ta’lim samaradorligini oshiradi.
Тa’lim jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanilganda o‘quvchi-talabalarning bilish faoliyatini tashkil etish shakllarini tiklash muammosi уаngicha hal etilishi lozim. Agar an’anaviy ta’limsharoitlarida bilish faoliyatini tashkil etishning eng ko‘p tarqalgan shakllari indivиdual va frontal shakllar bo‘ladigan bo‘lsa, axborot texnologiyalaridan foydalanish sharoitida ularning ikkalasidan bir vaqtda foydalanish mumkin.
Shuningdek, ta’limjarayoniga axborot texnologiyalarining joriy etilishi o‘qituvchi (pedagog) vazifasining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi, ya’ni pedagog ta’lim-tarbiya berishdan ko‘ra ko‘proq tadqiqotchi, tashkilotchi, maslahatchi va dasturlovchiga aylana boradi. Bularning hammasi esa o‘qituvchi(pedagog)larni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini o‘zgartirishni talab qiladi. Тadqiqotchilar ta’kidlaganidek, o‘qituvchi (pedagog)larning axborot madaniyati asoslari metodologik, umumta’limiy, umummadaniy xarakterda bo‘lib, pedagog xodimlarni kasbiy tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonida barcha o‘quv fanlari kompleksini o‘rganishda shakllanishi lozim.
Ma’lumki, o‘qituvchi(pedagog)larning an’anaviy o‘qitish usulida laboratoriya va amaliy ishlar o‘tkazilishiga ko‘p vaqt ajratiladi. Bu mutaxassis tayyorlashning juda muhim tarkibiy qismidir. U nafaqat o‘quvchi-talabaning nazariy bilimlarini mustahkamlashga, o‘quv materialini o‘zlashtirish samarasini oshirishga, balki muayyan sohada amaliy ko‘nikmalarni hosil qilishga ham ko‘mak beradi. Biroq bunday mashg‘ulotlar to‘laqonli natija beradi, deya olmaymiz. Sababi – laboratoriya jihozlari yetarli darajada emasligi hamda ko‘pgina laboratoriya va o‘quv xonalari zamonaviy moslama va uskunalar bilan jihozlanmaganligi, mavjudlarining ham aksariyati ma’naviy eskirib qolganligi va bugungi kun talablariga to‘liq javob bera olmasligidadir. Тexnologiyalar tez sur’atda rivojlanayotgan hozirgi vaqtda amaliy mashg‘ulotlar uchun laboratoriya va stendlarni har bir o‘quv yilida takomillashtirish talab etiladi. Buning uchun esa qo‘shimcha sarf-xarajatlar qilish kerak. Boshqa yana bir muhim omil shundaki, ba’zi laboratoriya tadqiqotlaridagi ish yoki jarayonlarning sustligi sababli ajratilgan vaqt ichida ta’lim oluvchilar takror tahlil yoxud sinovlar o‘tkazishga qiynalishadi, holbuki, ma’lum bir sohada yetarlicha ish ko‘nikmalari va tajriba orttirish uchun amaliy mashg‘ulotlarni qayta-qayta takrorlash zarur. Afsuski, an’anaviy ish olib borish sharoitida laboratoriya moddiy ashyolari hamda moslamalarining tez-tez buzilishi va shu bilan bog‘liq ashyolarga qo‘shimcha sarflar qilinishi bois har doim ham bunday qilinavermaydi.
Yuqorida aytilganlarni hisobga olib, уаngi tizim mutaxassis kadrlarini tayyorlash uchun muhim vazifalarni hal etishga yordam bera oladigan уаngi samarali, hammabop pedagogik uslubni joriy etish zaruriyati tug‘ildi, deb ayta olamiz. Buning uchun laboratoriya stendlari va o‘quv ustaxonalaridagi mashg‘ulotlar barcha talabalar uchun nafaqat qiziqarli, balki qulay va oson bo‘lishiga erishmoq lozim. Mashg‘ulotlar o‘ziga jalb eta olishi, barcha ruhiy va didaktik omillarni hisobga olishi, jarayonlarni jo‘shqin tarzda namoyon etishi, mashg‘ulotlar o‘tkazish va o‘qitilayotgan fanni o‘zlashtirishni, umuman butun o‘qitish samarasini oshirishi, egallangan bilimlar xususida o‘ziga-o‘zi baho berish imkonini ta’minlamog‘i zarur. Aynan shu nuqtai nazardan zamonaviy axborot texnologiyalarining tadbiq etilishi yuqorida ko‘rsatilgan vazifalarni maqbul tarzda hal qilish va an’anaviy o‘qitish usulining bir qator kamchiliklarini bartaraf etishga ko‘mak beradi.
Bunda, ayniqsa, zamonaviy jihozlar va apparatlarni xarid qilish, ularni barcha ta’lim muassasalarida taqsimlash bilan bog‘liq ulkan moliya zaxiralarining tejab qolinishi muhimdir. Zamonaviy axborot texnologiyasi bo‘lgan oddiy kompakt diskka o‘nlab, ba’zan esa, yuzlab laboratoriya ishlarini joylashtirish mumkin. Endi esa bir dona shunday virtual laboratoriya stendi necha marta arzonga tushishini hisoblab chiqish qiyin emas. Bundan tashqari, ular bilan birga ta’lim muassasalarini yalpi ta’minlash mumkin. Agar ularda Internetga ulangan kompyuter tarmog‘i bo‘lsa, undan ham yaxshi bo‘ladi. Bundan shuni ko‘rish mumkinki, virtual stendlar ko‘proq qo‘llansa, shunday sarflarning oldini olish mumkin bo‘ladi.
Demak, ta’lim jarayonida virtual stendlardan samarali foydalanish ta’lim sifatini oshiribgina qolmay, balki ulkan moliya zaxiralarini tejashga imkon beradi hamda xavfsiz, ekologik toza muhitni yaratadi. Virtual stendlar joriy etilishi ta’lim, ishlab chiqarish, boshqa davlat muassasalarining umumiy yondashuvini talab qiladi. Virtual o‘qitish stendlarini, ayniqsa, qimmatbaho jihozni xarid qilishdan oldin diqqat bilan o‘rganib chiqish zarur. Bu xodimlarni mahalliy sharoitda o‘qitishga, ta’lim oluvchilarni xorij mamlakatlariga guruh-guruh bo‘lib jo‘nashining oldini olishga imkon yaratadi.
Shunday qilib, ta’lim jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarining joriy etilishi quyidagilarga olib keladi:
- ta’lim jarayonini, o‘quvchi-talabalarning aniq tayyorgarlik darajasini, qobiliyatlarini, уаngi materialni o‘zlashtirish sur`atini, qiziqish va mayllarini hisobga olib ko‘proq indivиdual ravishda yordam berish;
- o‘quvchi-talabalarning bilish faoliyatlarini kuchaytirish, ularning o‘z- o‘zini takomillashtirish, ta’limva kasbga qiziqishlari hamda intilishlarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish;
- ta’lim jarayonida fanlararo aloqalarni kuchaytirish, borliq hodisalarini kompleks o‘rganish;
- ta’lim jarayonining moslashuvchanligi, omilkorligi, tashkil topish shakllari va usullarini takomillashtirish hisobiga uni doimiy va dinamik уаngilash;
- barcha ta’lim muassasalarida o‘qitishning muammoli va kompyuter vositalaridan hamda virtual stendlardan foydalanish;
- ta’lim jarayonining texnologik bazasini hozirgi zamon texnik vositalarini joriy etish yo‘li bilan takomillashtirish.
O‘QUV JARAYONIDA PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALARDAN FOYDALANISH
Pedagogik dasturiy vositalar – kompyuter texnologiyalari yordamida o‘quv jarayonini qisman yoki to‘liq avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan didaktik vosita hisoblanadi. Ular ta’lim jarayonini samaradorligini oshirishning istiqbolli shakllaridan biri hisoblanib, zamonaviy texnologiyalarning o‘qitish vositasi sifatida ishlatiladi. Pedagogik dasturiy vositalar tarkibiga: o‘quv fani bo‘yicha aniq didaktik maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan dasturiy mahsulot (dasturlar majmuasi), texnik va metodik ta`minot, qo‘shimcha yordamchi vositalar kiradi.
Pedagogik dasturiy vositalarni quyidagilarga ajratish mumkin:
-
o‘rgatuvchi dasturlar – o‘quvchilarning bilim darajasi va qiziqishlaridan kelib chiqib уаngi bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltiradi;
-
test dasturlari- egallangan bilim, malaka va ko‘nikmalarni tekshirish yoki baholash maqsadlarida qo‘llaniladi;
-
mashq qildirgichlar - avval o‘zlashtirilgan o‘quv materialini takrorlash va mustahkamlashga xizmat qiladi;
-
o‘qituvchi ishtirokidagi virtual o‘quv muhitini shakllantiruvchi dasturlar.
Pedagogik dasturiy vositalar yaratishga qo‘yiladigan talablar.
Pedagogik dasturiy vositalarni yaratish texnologiyasini amalga oshirish maqsadida ularning an`anaviy vositalardan ustunligini tasdiqlovchi qator ijobiy omillar mavjud. Mazkur omillar didaktik, psixologik, iqtisodiy, fiziologik guruhlarga ajratildi.
Pedagogik dasturiy vositalarga qo‘yiladigan didaktik talablarga quyidagilar kiradi: ilmiylik, tushunarli, qat`iy va tizimli bayon etilishi bilan birgalikda (pedagogika, psixologiya, informatika, ergonomikaning asosiy tamoyillarini, zamonaviy fanning fundamental asoslarini hisobga olib, o‘quv faoliyati mazmunini qurish imkoniyatini ta`minlash), uzluksizlik va yaxlitlik (ilgari o‘rganilgan bilimlarning mantiqiy oqibati hamda to‘ldiruvchisi hisoblanadi), izchillik, muammolilik, ko‘rgazmalilik, faollashtirish (o‘qitish mustaqilligi hamda faollilik xususiyatining mavjudligi), o‘qitish natijalarini o‘zlashtirish mustahkamliligi, muloqotning interfaolliligi, o‘qitish, tarbiyalash, rivojlantirish va amaliyotning yaxlit birligi.
Metodik talablarga quyidagilar kiradi: aniq o‘quv fanining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish, ma’lum bir faning o‘ziga xosligini hisobga olish, axborotni zamonaviy metodlari o‘zaro bog‘liqliligi, o‘zaro aloqadorliligi, turli-tumanligi, amalga oshirilishi.
Psixologik talablarga idrok etish (verbal-mantiqiy, sensor-perseptiv), tafakkur (tushunchaviy-nazariy, ko‘rgazmali-amaliy), diqqati (qat`iyliligi, boshqaga ko‘chishi), motivasiya (ishlashda faol shakllari, yuqori darajada ko‘rgazmalilik, o‘z vaqtida qayta aloqa yordamida o‘quvchilarning yuqori darajadagi motivasiyalarini doimiy ravishda rag‘batlantirish), xotira, tasavvuri, yoshi va indiВидual psixologik xususiyatlarini hisobga olish (egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini hisobga olib, o‘quv fani mazmuni hamda o‘quv masalalari murakkablik darajasi o‘quvchilarning yosh imkoniyatlari va indiВидual xususiyatlariga mos kelishi, o‘quv materialini o‘zlashtirishda ortiqcha his-hayajonli, asabiy, aqliy yuklamalardan ta`sirlanishdan himoyalash) kiradi.
Texnik talablarga shaxsiy kompyuterlar va ularning tashqi qurilmalari, test o‘tkaziladigan manbalar kiradi.
Tarmoq talablariga «mijoz-server» arxitekturasi, Internet-navigatorlar, tarmoq operasion tizimlari, telekommunikasiya, boshqaruv vositalari (o‘qitish jarayonini indiВидual va jamoaviy ishlari, tashqi qayta aloqa) kiradi.
Estetik talablarga quyidagilar kiradi: tartiblilik va ifodalilik (elementlari, joylashishi, o‘lchami, rangi), bezashning funksional vazifasi va ergonomik talablarga mosligi.
Maxsus talablarga quyidagilar kiradi: interfaollik, maqsadga yo‘nalganlik, mustaqillik va moslashuvchanlik, audiolashtirish, ko‘rgazmalilik, kirish nazorati, intellektual rivojlanish, differensiasiyalash(tabaqalashtirish), kreativlik, ochiqlik, qayta aloqa, funksionalilik, ishonchlilik.
Ergonomik talablarga quyidagilar kiradi: do‘stonalik, foydalanuvchiga moslashish, ekran shakllarini tashkil etish.
Metodik talablar pedagogik dasturiy vositalar asosida o‘qitishga mo‘ljallangan o‘quv fanining o‘ziga xos xususiyatlarini, uning qonuniyatlarini, izlanish metodlari, axborotga ishlov berishning zamonaviy usullarini joriy qilish imkoniyatlarini hisobga olishni ko‘zda tutadi. Fanlardan yaratiladigan pedagogik dasturiy vositalar quyidagi metodik talablarga javob berishi kerak:
1. Pedagogik dasturiy vositalar – o‘quv materialini taqdim etishning tushunchali, obrazli va harakatli komponentlarining o‘zaro bog‘liqligiga tayangan holda qurilishi.
2. Pedagogik dasturiy vositalar o‘quv materialini yuqori tartibli tuzilma ko‘rinishida ta`minlashi. Fanlararo mantiqiy o‘zaro bog‘liqlikning hisobga olinishi.
3. Pedagogik dasturiy vositalarda ta’lim oluvchiga o‘quv materialini bosqichma-bosqich o‘zlashtirganligini turli xildagi nazoratlarni amalga oshirish asosida aniqlash imkoniyatlarining yaratilishi.
Pedagogik dasturiy vositalar yaratishda o‘quvchilarning psixofiziologik hususiyatlarini hisobga olish. Pedagogik dasturiy vositalarni qo‘llash asosida o‘quvchilarning mustaqil ta’lim olish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishda o‘quvchilarning funksional va psixofiziologik imkoniyatlari inobatga olinishi shart. Pedagoglarning pedagogik dasturiy vositalar asosida imkon qadar ko‘proq ma’lumotlarni yoritishga intilishi o‘quvchini ortiqcha toliqtirishga olib kelishi mumkin. O‘z navbatida ma’lumotlarni uzatish tezligini oshirish esa ma’lumotlarni o‘zlashtirish sifatiniing pasayishiga, xatoliklar sonining ortib borishiga, o‘quvchining o‘zini his qilishi va sog‘ligiga salbiy ta`sir qiladi.
Fiziologik-gigienik sohada amalga oshirilgan tadqiqotlar kompyuterda ishlashda bilim oluvchilarning aqliy ish qobiliyati o‘zlashtiriladigan ma’lumotlar hajmiga teskari proporsional ravishda o‘zgarib borishini e`tirof etadi. Bu quyidagi sabablar bilan izohlanadi:
- ko‘rish organlariga tushadigan yuklamaning ortib borishi;
- уаngiliklarni qabul qilishda yuzaga keluvchi dastlabki ruhiy ko‘tarinkilikning tinib qolishi;
- yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noaniqlik va xatoliklar tufаyli salbiy hissiyotlarning yig‘ilib borishi;
- katta miqdordagi ta’limiy resurslarni qabul qilish undan keyingi axborot resurslarini faol o‘zlashtirishga to‘sqinlik qiladi.
Bu holat ta’lim jarayonida pedagogik dasturiy vositalarni ishlab chiqish va joriy etishda zarur didaktik, psixofiziologik hamda metodik talablarni hisobga olgan holda ishlab chiqilishi zaruratini yuzaga chiqaradi.
Pedagogik dasturiy vositalarning psixofiziologik jihatdan samaradorligi birinchidan: o‘quvchilarning o‘quv materiallarini o‘zlashtirishi, tarbiyalanganlik va intellektual rivojlanganligi, ishchanlik ko‘rsatkichlari, motivasion barqarorlik darajalari bilan belgilanadi. Ikkinchidan, o‘qituvchi faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, o‘qitish konsepsiyalari, pedagogik texnologiyalari va ta’lim vositalaridan rasional foydalanish ko‘rsatkichlari, o‘qituvchining mehnat faoliyatiga nisbatan barqaror motivasiyasi, ish qobiliyati bilan belgilanadi.
Bugungi kunda jahonning rivojlangan mamlakatlari ta’lim tizimlarida turli o‘rgatuvchi dasturiy vositalardan keng foydalanilmoqda. O‘rgatuvchi ko‘rgazmali dasturiy vositalar mualliflik dasturiy ta`minotlari yordamida yaratiladi. Ta’lim jarayonida bunday dasturlardan foydalanish yuqori natijalarga olib kelmoqda, sababi auditoriyada uzatiladigan bilimlarga oid axborotlarni qabul qilish va vazifalarni bajarishda o‘quvchi bir vaqtning o‘zida eshitib, ko‘rib, o‘zlashtiradi.
Mualliflik dasturiy ta’minoti — kompyuter texnologiyalari yordamida o‘quv jarayonini qisman yoki to‘liq avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan dasturiy vosita hisoblanadi. Ular ta’lim jarayoni samaradorligini oshirishning istiqbolli shakllaridan biri hisoblanib, zamonaviy texnologiyalarning o‘qitish vositasi sifatida qo‘llaniladi. Mualliflik dasturiy ta’minotlar yordamida elektron darsliklar yaratish juda qulay. Elektron darsliklar, kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda eng muhim tushuncha va qonuniyatlarni tushunish hamda yodda saqlashni maksimal darajada yengillashtiradi. Quyida mualliflik dasturiy ta’minotlarining imkoniyatlari haqida fikr yuritiladi.
Mualliflik dasturlariga misol qilib, Articulate Storyline, Adobe Captivate, CourseLab, iSpringPro, Lectora kabi dasturlarni keltirishimiz mumkin.